Jahondagi eng xavfli ayol kim ekani ma’lum qilindi
AQSh va boshqa davlatlar Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi mansabdori, yetakchi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjonga past baho bermasligi kerak, deb yozadi Fox News.
Shimoliy Koreya bo‘yicha ekspert Sun Yun Li telekanalga aytganidek, bu shaxsga o‘ta jiddiy yondashish kerak.
«Kim Yo Chjon haqiqatan ham Koreya tarixidagi va balki butun dunyo tarixidagi eng xavfli ayoldir. U nisbatan yosh bo‘lsa-da ( 2023-yil sentyabr oyi oxirida 36 yoshga to‘ladi) unga e’tiborsiz bo‘lish yaxshilikka olib kelmaydi», deb tushuntirdi ekspert.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kim Yo Chjon akasi Kim Chen In bilan birga Shimoliy Koreyaning yadroviy arsenalini boshqarishi mumkin. Song Yun Li KXDR yetakchisining singlisi ambitsiyali, aqlli va shafqatsiz ekanini ta’kidladi.
«Kim Yo Chjon o‘z mamlakati iyerarxiyasida o‘ziga xos nufuzli o‘rinni egallaydi», — deya xulosa qildi ekspert.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter