Istiqbolli loyihalar agentligiga direktor tayinlandi
Kuni kecha Prezident farmoni bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etilgan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish agentlikning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangandi.
2019-yilning 9-yanvaridan beri Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori vazifasida faoliyat yuritgan Dmitriy Romanovich Li O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Dmitriy Li mehnat faoliyatini xalq ta’lim tizimi ta’minoti sohasida boshlagan, keyinchalik mashinasozlik va metallurgiya sohasida turli rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter