Isroil g‘azoliklarga qarshi eng qabih qurolni ishga soladi

Isroil falastinliklarni G‘azo sektoridan chiqarib yuborishning so‘nggi vositasi sifatida ocharchilikdan foydalanmoqchi.
May oyi boshidan sektorga insonparvarlik yordami yetkazilishi butunlay to‘xtatildi. Endi esa Isroil amerikalik pudratchilar vositasida G‘azoda oziq-ovqat taqsimlanishi va nazorati bo‘yicha yana bir qabih rejasini amalga oshirmoqchi.
«Hammayoqda chodirlar o‘rnatiladi, tibbiy markaz va maktablar nomiga ishlaydi, ularni Isroil armiyasi nazorat qiladi. Isnsonparvarlik yordami eng minimumga tushiriladi. Falastinliklar uchun shunchalik og‘ir sharoit yuzaga keltiriladiki, aksariyati bu yerdan bosh olib ketishga majbur bo‘ladi», — deb yozdi The National.
Rejaga may oyi oxiridan, ya’ni Donald Trampning Yaqin Sharqqa tashrifidan so‘ng kirishish mo‘ljallangan. Unga ko‘ra, G‘azoga har kuni oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollari ortilgan 60 tagacha yuk mashinasi kiritiladi. Bu sektorga o‘t ochish to‘xtatilishiga qadar kiritilgan kunlik yordam hajmining 10 foizidan ham kamdir.
Isroil falastinliklarga qarshi «kaloriyalarni hisoblash» siyosatini G‘azo qamal qilingan 2007-2010-yillarda ham qo‘llagan. O‘shanda isroil siyosatchilari har bir g‘azolik uchun kuniga 2279 kilokaloriya yetarli degan xulosaga kelishgan: ayollar uchun kunlik norma — 2200–2400 kilokaloriya, erkaklar uchun — 2500–2800 kilokaloriya. Isroil bu me’yorlar kunlik ta’minotni cheklashda qo‘llanilmaganini ta’kidlaydi, biroq o‘sha paytdagi bosh vazir Ehud Olmertning quyidagi so‘zlari hamon ko‘plarning yodida: «Isroil siyosati falastinliklarni ochlikdan o‘ldirishga emas, balki ularni doim och qoldirishga qaratilgan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter