Iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan mamlakat e’lon qilindi

BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti hisobotiga ko‘ra, 2022-yilda garchi sekinlashsa-da, Hindiston iqtisodiyoti dunyoda eng tez o‘sayotgan mamlakat maqomini saqlab qoladi.
«Jahondagi iqtisodiy vaziyat va istiqbollar» hisobotida ta’kidlanishicha, Hindiston iqtisodiyoti 2022-yilda 6,4 foizga o‘sadi (2021-yilda o‘sish 8,8 foiz edi).
Shuning barobarida, Hindiston yuqori inflyasiya bosimi hamda shaxsiy iste’mol bozori va sarmoyalar kirishiga to‘sqinlik qiluvchi mehnat bozorining notekis tiklanishi muammosiga duch keladi.
Yuqoridagi hisobotga ko‘ra, 2022-yilda Yevropa ittifoqi iqtisodiyoti — 2,7 foiz, AQSh — 2,6 foiz, Xitoy — 4,5 foiz o‘sishga erishadi. Jahon iqtisodiyoti jori yil yakunlari bo‘yicha o‘rtacha 3,1 foizga o‘sishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter