Navoz Sharif olti hafta muddatga ozodlikka chiqarildi

Pokiston sobiq bosh vaziri Navoz Sharif davolanish uchun olti hafta muddatga ozodlikka chiqarildi. O‘z navbatida, Pokiston bosh vaziri Imron Xon mamlakat sobiq rahbarini olti hafta muddatga ozodlikka chiqargan sud qarorini hurmat qilishini bildirdi.

Siyosatchi sog‘lig‘ini yo‘qotgan, davolanishga muhtoj — shu sababli Pokiston sudi shu qarorga keldi.
Eslatib o‘tamiz, Pokiston sobiq bosh vaziri Navoz Sharif korrupsiyada ayblanib, 10 yilga qamalgandi. U mamlakat tashqarisiga chiqarilmaydi, Pokistonning o‘zida davolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter