Ikki yashar bola dunyodagi eng aqlli odamlar klubiga qabul qilindi

Dunyodagi eng aqlli odamlar klubi deb ta’riflanuvchi «Mensa» tashkiloti o‘z safiga ikki yashar britaniyalikni qabul qildi, deb xabar berdi Daily Mail.
U tashkilot tarixidagi eng yosh a’zoga aylandi.
«Jozef Harris-Birtill «Mensa»ga 2 yoshu 182 kunligida qabul qilindi. Eng aqllilar klubiga kirish uchun nomzodning IQ darajasi kamida 132 ball bo‘lishi kerak. Kichik daho Shotlandiyadagi Sent-Endryus universiteti o‘qituvchilari oilasida tug‘ilgan», — deb yozdi nashr.
Bola sakkiz oyligida birinchi so‘zini aytdi, hozir ravon o‘qiydi, beshta tilda 10 gacha sanay oladi, ingliz tilida esa 100 gacha va teskarisiga sanaydi.
«Jozef Morze alifbosini o‘rganyapti, yunon alifbosini biladi, hozir Mendeleyev davriy jadvaliga qiziqib qoldi», — dedi bolaning onasi Rouz Harris-Birtill.
Jozefning ota-onasi uning aql bovar qilmas o‘qish qobiliyatini sezishgach, «Mensa»ga murojaat qilishdi. Tashkilot o‘z safiga o‘ta iqtidorli bolalarni shunchaki qabul qilmaydi, balki ularning rivojlanishi va ta’limi uchun maxsus dasturlarni ham taqdim etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter