Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har bir viloyat hokimiga yo‘l qo‘yilgan qoloqliklar ko‘rsatib berildi

Har bir viloyat hokimiga yo‘l qo‘yilgan qoloqliklar ko‘rsatib berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, meva-sabzavotchilik klasterlari hamda tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida videoselektor o‘tkazilmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida 8 ta tuman hokimining ishi qoniqarsiz ekanini ta’kidlab o‘tdi.

— 25 ta tumanda eksport 1 million dollardan oshmagan bo‘lsa, meva-sabzavotga ixtisoslashgan 8 ta tumanda klasterlar tashkil etilmagan.

Kecha har bir viloyat hokimiga yo‘l qo‘yilgan qoloqliklar ko‘rsatib berildi. Ish to‘g‘ri tashkil etilmagan tumanlarga viloyat rahbari tavsiyasiga ko‘ra hokim qo‘yilgan edi. Ammo bu tajriba samara bermadi.

Shaxsan o‘zim ikkita viloyatga hokim bo‘lganman, ammo birorta tumanga hokim tayinlashda tavsiya bera olmaganman. O‘sha achchiq tajribadan kelib chiqib viloyat rahbarlariga shunday imkoniyat bergandim, ammo ayrimlar ishonchni oqlamadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari ishsizlikni kamaytirishda qishloq xo‘jaligining o‘rni katta ekanini ta’kidladi va buning uchun paxta va g‘allani qisqartirish hisobiga aholini yer bilan ta’minlash qarori haqida gapirdi.

— Biz kelgusi yilda paxta va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar yerlarni aholiga bo‘lib berayapmiz. Bundan tashqari, 70 ming gektar yerlar «oborot»ga qaytariladi. Aholining o‘zida ham 500 ming gektar atrofida tomorqa yerlari mavjud, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring