Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «ko‘knori bog‘i» aniqlandi

Farg‘onada «ko‘knori bog‘i» aniqlandi

Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida 16 may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, «Shodlik 2» mahallasi hududida yashovchi M.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Kuzatuv chog‘ida ushbu xonadon tomorqasida 510 tup «ko‘knori» o‘simligi parvarishlab kelinayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring