«Yettinchi qavatdan o‘zini tashlagan xorijlik» : Bosh prokuraturaning yangi bayonoti

13-mart kuni soat 18.30 da 1995-yilda tug‘ilgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Andrey Sh. Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 75-uyning yettinchi qavatida joylashgan xonadondan o‘zini pastga tashlab, vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lumotida aytiladi.
Avvalroq, Toshkentda erkak kishi o‘zini yuqori qavatdan tashlagani bo‘yicha xabarlar tarqalgandi.
Tekshirish doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Shuningdek, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Toshkentda boshqa bir rossiyalik — jurnalist Aleksandr Nechayevning jasadi topilgandi.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, A.Nechayevning o‘limi «surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi»dan kelib chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter