Energoresurslardan noqonuniy foydalangan «Hududgaz Buxoro» mansabdorlari qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi tomonidan sudlanuvchilar A.Jabborov, J.Sultonov, M.Hayitov va A.Abdullayevlarga oid jinoyat ishi ko‘rildi.
«Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti korxonasi metrologiya xizmati boshlig‘i M.H. va metrologiya xizmati yetakchi muhandisi A.A. mansab vakolatlaridan foydalanib, ikkita xususiy korxona (gaz quyish shoxobchasi) rahbarlari bilan «jinoiy til biriktirgan».
Jumladan, ular gaz quyish shoxobchalaridagi «Avtopilot-PRO» gaz hisoblash uskunasi o‘rnatilgan xona eshigining tamg‘alanishini ta’minlamagan. Shuningdek, gaz hisoblagich uskunasidagi impuls trubkasi tamg‘asini o‘g‘irlik qilish maqsadida hech qanday hujjatsiz almashtirgan. Oqibatda, 26,1 mlrd so‘mlik juda ko‘p miqdordagi tabiiy gazni o‘g‘irlab, yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudining hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksi 169-moddasi 4-qismining «a» bandi, 209-moddasi 2-qismining «a» bandi, 228-moddasi 2-qismining «a,b» bandlari bilan aybli deb topilgan A.Jabborov, J.Sultonovlar 11 yil, A.Abdullayev va M.Hayitovlar 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Shuningdek, ayblanuvchilar tomonidan 6 mlrd. so‘m zarar qoplanganligi sababli, qolgan 20,1 mlrd. so‘m zararni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter