Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi yuridik shaxslar ham «UNG Petro»da yoqilg‘i quyishi mumkin

Endi yuridik shaxslar ham «UNG Petro»da yoqilg‘i quyishi mumkin

«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli «UNG» milliy brendi ostida neft va gaz mahsulotlarini sotishni amalga oshiruvchi yoqilg‘i qo‘yish stansiyalari tarmog‘ini birlashtiruvchi «UNG Petro» korxonasi 2020 yil 21 may kunidan e’tiboran yuridik shaxslarga ham xizmat ko‘rsatishni boshlamoqda. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Barcha yuridik shaxslar korxona bilan shartnoma imzolashlari, to‘lovni pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirishlari hamda tegishli plastik kartochkalari orqali yoqilg‘i qo‘yish stansiyalari xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Shartnoma tuzish, xizmat ko‘rsatish shartlari, yoqilg‘i qo‘yish stansiyalarida sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq ma’lumotlarni +998 90 008-68-88 telefon raqami va telegramdagi @UNG_Petro_Bot orqali olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring