Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Qashqadaryoda prokuratura tergovchisini qo‘lga oldi

DXX Qashqadaryoda prokuratura tergovchisini qo‘lga oldi

Foto: Xabar.uz

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ushlandi. 

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi, 1983-y.t. fuqaro naslli chorvani rivojlantirish maqsadida, Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi qarindoshi rahbarlik qilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga 2021-yilning mart oyida aksiyadorlik tijorat bankidan 450 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit oladi.

Lekin, imtiyozli kredit maqsadli yo‘naltirilmaganligi sababli, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qarshi tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borish uchun Qarshi tumani prokuraturasiga yuboriladi.

Tuman prokuraturasi tergovchisi ish yurituviga berilgan ushbu jinoyat ishi doirasida, joriy yilning 26 mart kuni kredit olgan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan tergovchi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, kredit ajratilgan MChJ rahbari bo‘lgan ayolga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga, ta’magirlik yo‘li bilan undan 5 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tergovchi so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring