Deputat o‘zbek kinosanoatini tanqid qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilfuza Jalilova o‘zbek kinosanoatidagi muammolar haqida o‘z fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda «O‘zA».
— Keyingi yillarda olingan ayrim kinolarning boshlanishi bilan uning qanday yakun topishi, hatto, qahramonlarining qanday xatti-harakat qilishi-yu hayot yo‘llari, umuman, asar syujetini oldindan taxmin qilib bilib olish mumkin, — deydi deputat. — Ishlab chiqarilayotgan kino mahsulotlarining mafkuraviy-badiiy darajasining pastligi, ssenariynavislik, rejissyorlik va aktyorlik ishlarining lozim darajada sifatli emasligi, yoshlar uchun ma’naviy namuna bo‘lib xizmat qiladigan badiiy obrazlarning ko‘pincha mavjud emasligi yosh avlodni jasorat va qat’iyatlilik ruhida tarbiyalash, «ommaviy madaniyat»ga yot unsurlariga qarshi kurashish kabi milliy kinematografiyaning asosiy maqsadlarini amalga oshirish imkonini bermayapti. Bu, albatta, sohaning taraqqiy etishiga va kino bozorida raqobatbardoshligini oshirishga g‘ov bo‘ladigan asosiy to‘siqlardir.
«Bu kabi omillar o‘zbek kinosi saviyasining tobora tushib borishi, jahon kino bozoridagi past mavqeyida yaqqol aks etib, o‘zbek brendining dunyoga tanilishida to‘siq bo‘lmoqda», deya qayd etgan Dilfuza Jalilova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter