«Damas»ning tomida odam tashigan haydovchi jarimaga tortildi
«Damas» tomida odam tashigan haydovchi javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Damas» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvidagi transport vositasining tepa qismida o‘rnatilgan yukxonaga odam chiqarib olgan holda Shahrisabz ko‘chalari bo‘ylab harakatlangani aks etgan video tarqalib, keng jamoatchilik tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Video Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, qoidalarni chetlab o‘tgan haydovchiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rilgan. Shuningdek, haydovchiga Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan tartib va me’yorlar bo‘yicha tushuntirish berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter