Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chuqurlikka tushib ketgan ot olib chiqildi (foto)

Chuqurlikka tushib ketgan ot olib chiqildi (foto)

Foto: FVV

Bugun, 12 oktyabr kuni soat 10:40 lar atrofida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Obod» MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri tuman FV bo‘limiga oti ehtiyotsizlik oqibatida hovlisidagi 4 metrli chuqurlikka tushib ketganligi va uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga tuman FV qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari hamda texnika yordamida chuqurlikdagi ot talofatlarsiz chiqarib olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring