Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» Buyuk Britaniya va Pokiston kompaniyalariga oltingugurt eksport qiladi

«O‘zbekneftgaz» Buyuk Britaniya va Pokiston kompaniyalariga oltingugurt eksport qiladi

«O‘zbekneftgaz» AJ qazib olinayotgan gazni qayta ishlash natijasida olingan oltingugurt mahsulotini xorijga eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Bugungi kunda oltingugurt mahsulotini eksport qilish bo‘yicha dastlabki shartnoma Buyuk Britaniyadan ro‘yxatdan o‘tgan «Commoditrade Limited» kompaniyasi bilan imzolandi.

Shartnomaga ko‘ra, 100 ming tonna oltingugurt mahsuloti eksport qilinadi.

Bundan tashqari Pokiston davlatining «International Business System» kompaniyasi bilan ham eksport bo‘yicha shartnoma imzolanishiga erishildi hamda 50 ming tonna oltingugurt mahsuloti eksport qilinishiga kelishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring