Buyuk Britaniya bosh vazirining uyi yondi

Politsiya Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning uyidagi yong‘inni tergov qilmoqda.
London politsiyasi 12-mayga o‘tar kechasi Britaniya bosh vaziri Kir Starmerga tegishli shimoliy Londondagi uyda sodir bo‘lgan yong‘inni tekshirmoqda.
Kentish taun mavzesidagi uy tashqaridan o‘rab olingan.
London o‘t o‘chirish brigadasining aytishicha, ular soat 1 da “kichik yong‘in”ga chaqirilgan va 20 daqiqa ichida o‘chirilgan. Yong‘in uyning kirish qismini shikastlagan, biroq hech kim jabrlanmagan.
Kir Starmer hozir Britaniya bosh vazirlarining Dauning-strit, 10-uydagi rasmiy qarorgohida yashaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter