Buxoroning ayrim hududlarini chigirtka bosdi

FVV Buxoro viloyatining ayrim hududlariga zararli chigirtkalar tarqalishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Buxoro viloyatining bir nechta hududlarida zararli chigirtkalar tarqalganligi bo‘yicha viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, viloyat FVB, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar voqea joyiga yetib borib, ular tomonidan ushbu hududlarda 15 ta maxsus texnika yordamida kimyoviy ishlovlar berilgan.
Hozirda viloyat hududida zararli chigirtkalar bilan bog‘liq vaziyat FVDQT xizmatlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter