Buxoroda sodir bo‘lgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyati Jondor tumanida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasining portlashi oqibatida 2 kishining halok bo‘lishi hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan 22-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Tergov harakatlari ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter