Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan baliqlar ovlandi
Joriy yilning 14-15-may kunlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari va Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi inspektorlari tomonidan tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd tadbiri paytida Niva rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Avtomashina ko‘zdan kechirilganda 5 ta qopda leskali to‘rlar va 99 dona baliq shundan 7 dona O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylabdori, 12 dona zog‘orabaliq, 26 dona moybaliq, 52 dona tovonbaliq va 2 dona sudak baliqlari borligi aniqlangan.
Mutaxassislar tomonidan holat o‘rganilib, tabiatga yetkazilgan zarar summasi 37 374 800 so‘mni tashkil etganligi qayd etilgan.
Huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolar T.F, O.S. va T.Elarga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib amaldagi qonunchilikka asosan chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter