Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro shahrida noqonuniy hujralar aniqlandi

Buxoro shahrida noqonuniy hujralar aniqlandi

Buxoro viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy ta’limot berish bilan bog‘liq bir nechta holatlar aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Buxoro shahrida o‘tkazilgan shunday tadbirlardan birida Afshor mahallasida yashovchi 52 yoshli fuqaro R.Sh. hech qanday diniy ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, shu mahalladagi maktab o‘quvchilariga o‘zi yashab kelayotgan xonadonda ta’limot berib kelgan. Aniqlanishicha, farzandlarining noqonuniy diniy ta’lim olishlarida ota-onalari ham monelik ko‘rsatishmagan.

Xuddi shunday keyingi holat Buxoro shahrining Fayzulla Xo‘jayev mahallasida yuzaga kelgan. Bunda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, Buxoro shahrida ijarada turib, vaqtincha yashab kelayotgan T.Yu. shu xonadonda voyaga yetmagan o‘quvchilarga diniy ta’lim berib kelgan. Olib borilgan tekshiruv harakatlariga ko‘ra, ushbu shaxs Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan bo‘lgan 5 nafar maktab o‘quvchilariga diniy saboq bergan.

Mazkur holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudida ko‘rib chiqilgan. Har ikki shaxs O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasiga asosan, javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, farzandlarining noqoniyniy diniy ta’lim olishlariga yo‘l qo‘yib bergan ota-onalarga ham tegishli qonuniy choralar ko‘rilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring