Bo‘kadagi fermadan 5 ta otni o‘g‘irlab ketishdi
2018-yil 21-yanvar kunidan 22-yanvar kuniga o‘tar kechasi, Toshkent tumanida yashovchi, ikki farzandning otasi, muqaddam 2010-yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘rilik) bilan sudlangan, vaqtincha ishsiz, 1981-yilda tug‘ilgan X.A. va mahalladoshi 1980-yilda tug‘ilgan A.Yu. o‘g‘irlikka qo‘l urishdi.
Aqnilanishicha, ular Bo‘ka tumanida yashovchi R.M. va M.N.larga tegishli bo‘lgan «Ko‘korol-Zamin yoshlari» fermer xo‘jaligi dala maydonida turgan jami bahosi 38 000 000 so‘m bo‘lgan 5 bosh otini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tuman ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter