Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bekobodyo‘lindustriya» mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Bekobodyo‘lindustriya» mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida quyidagi noqonuniy holat aniqlangan.

Xususan, 2017 yil Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi «O‘zyo‘lbutlash» Respublika ta’minot boshqarmasi unitar korxonasi tomonidan pudratchi «Bekobodyo‘lindustriya» unitar korxonasiga M-39 «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tuvchi 1265-1297 km. qismini rekonstruksiya qilish uchun 1103,2 tonna yo‘lbop import bitum mahsuloti yetkazib berilgan.

Ajratilgan bitum mahsuloti qayd etilgan ob’yektga sarflanishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, «Bekobodyo‘lindustriya» unitar korxonasining mansabdor shaxslari qurilish ishlarini yakuniga yetkazmasdan, 738,2 tonna bitumni boshqa korxonalarga 933 mln. so‘mga sotib, undan tushgan pul mablag‘larini maqsadsiz sarflab yuborishgan.

Mazkur holat yuzasidan Transport prokuraturasi tomonidan «Bekobodyo‘lindustriya» UK mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring