Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BARAKA MARKET! Oziq-ovqat do‘konlarining yangi tarmog‘i haqida nimalar bilamiz?

BARAKA MARKET! Oziq-ovqat do‘konlarining yangi tarmog‘i haqida nimalar bilamiz?

Foto: BARAKA MARKET

Bugungi kunda BARAKA MARKETning 30 ta «quyoshli do‘koni» bor. Bu do‘konlar tarmog‘i o‘zining yorqinligi bilan barchani quvontirmoqda va Toshkentning barcha tumanlariga ajoyib kayfiyat bag‘ishlamoqda.

BARAKA MARKET mijozlar uchun ishlaydi! Poytaxt aholisi asosan nima sotib olayotgani va rastalarda yana nimalar bo‘lishi lozimligini aniqlash maqsadida xaridorlar o‘rtasida qisqa so‘rovnoma o‘tkazildi. Va, albatta, xizmat haqida mijozlar fikri va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni bilish uchun ham bu ishga qo‘l urildi.

Eng qiziqarli fikrlar esa ushbu materialda jamlangan:

Zuxra, 43 yoshda, uy bekasi
Yangi do‘kon haqida ijtimoiy tarmoqdan bilib oldim va turmush o‘rtog‘im bilan birgalikda uni borib ko‘rishga qaror qildim. Menga juda yoqdi — ozoda, yorug‘ va yorqin. Do‘kon tartibli, barcha sanitariya me’yorlariga rioya qilingan va kerakli mahsulotni topish oson. Yaxshi assortiment, barchasi bir joyda. Mening fikrimcha, endi uyda mahsulotlarni to‘plab, zaxiralashga hojat yo‘q. Hammasini BARAKA MARKETdan kundalik xarid qilsa bo‘ladi. Agar bizning hududimiz – Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 da ham do‘konlaringizni ochsangiz, juda xursand bo‘lamiz.

Laylo, 35 yosh, shaxsiy tadbirkor
Uyim yaqinidagi do‘konlardan yangi meva va sabzavotlarni topish men uchun doim muammo bo‘lgan. Qachon bormay, doim bir xil javob berishadi – ertaga hammasini olib kelamiz, tugab qoldi.
Bugun BARAKA MARKETga kirdim. Yangi mahsulotlar (fresh) bo‘limidagi tovarlar juda sifatli. Meni assortiment hayron qoldirdi, bu yerdan hatto avokado sotib oldim. Odatda buning uchun shahar markaziga borardim.

Marina, 26 yoshda, yosh ona
Uyim yonida bunday do‘kon ochilgani va eng muhimi, uning soat 23.00 gacha ochiq ekani ajoyib. Bu juda qulay. Chunki turmush o‘rtog‘im ishdan kech keladi va uyga oziq-ovqat olish kechikardi. Bu yerda hamma kerakli narsani bitta joydan sotib olish mumkin va narxlar ham yuqori emas. Men uchun ona sifatida yangi sifatli meva va sut mahsulotlari juda muhimdir. Do‘kon ochilgani juda yaxshi bo‘ldi. Anchadan beri topilmayotgan non turini BARAKA MARKETda sotib oldim. Yangi yil uchun mahsulotlarni ham hech qayerga bormasdan, shu yerdan harid qildik.

Bahodir, 38 yoshda, buxgalter
Sizda yaxshi assortiment mavjud, uy uchun hamma narsani sotib olish mumkin. Ammo, shu bilan birga, men bu yerda yangi, toza baliqlar ham sotilishini taklif qilgan bo‘lar edim. Men haftada bir marta oilam uchun sudak balig‘ini pishirishni yaxshi ko‘raman. Uni sotib olish uchun qayergadir, uzoqqa borishga esa vaqt yo‘q.

Anjela, 29 yoshda, jurnalist
Do‘konlar yaxshi, ozoda, zamonaviy, ko‘plab mahalliy mahsulotlar bor. Lekin men bu yerga kelib yangi narsa topaman, deb o‘ylagandim. Agar ko‘proq import mahsulotlari olib kelsangiz, juda yaxshi bo‘lar edi. Uzoq vaqt Moskvada yashaganman va u yerda sut hamda pishloq mahsulotlarining turi ko‘pligiga o‘rganib qolganman. Shu kabi assortimentni bu yerda ham ko‘rishni istardim.

Temur, 49 yoshda, taksi haydovchisi
Men o‘tib ketayotib, yo‘l yuzidagi yorqin to‘q sariq bannerli yozuvni ko‘rdim. Buni sezmaslikning iloji yo‘q va yangi do‘konga kirib ko‘rishga qaror qildim. Ochig‘i, juda hayron qoldim — ozoda va yorug‘ do‘kon.

Meva-sabzavot, go‘sht va makaron mahsulotlari keng assortimentda bor. Ayniqsa mehribon va e’tiborli xodimlar yodimda qoldi – bir xizmatchi keksa ayolga oziq-ovqatlarini ko‘tarishib, yordam berganini ko‘rdim.

Uyga ko‘p mahsulotlar sotib olishga qaror qildim, chunki narxlar menga yoqdi. Nukus shahrida ham bu kabi savdo do‘konlari ochishingizni istar edik.

So‘rov davomida ma’lum bo‘lishicha, har bir mahallada BARAKA MARKET do‘konlarini kutishmoqda. Eslatib o‘tamiz, dekabr va yanvar oylarida poytaxt tumanlarida 50 ta savdo joylari ochiladi. 2021 yilda siz BARAKA MARKET quyoshli do‘konlarini nafaqat Toshkentda, balki respublikaning boshqa hududlaridan topishingiz mumkin.

Allaqachon ochilgan do‘konlarning joylashgan manzillarini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://barakamarket.uz/magazini

15 yanvar kuni esa soat 10.00 va 11.00 da yana ikkita savdo nuqtasi ochiladi:

1. Yunusobod tumani, 8-uy
2. Yakkasaroy tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 40-uy.

Yangiliklarni kuzatib boring, bayramona ochilishlarga tashrif buyuring va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Eng faol obunachilarimiz uchun BARAKA MARKET esdalik sovg‘alari va mukofotlar tayyorlab qo‘ygan.

Veb-saytbarakamarket.uz
Facebookfb.com/barakamarket.uz
Instagram: @barakamarket.uz
Telegramt.me/barakamarket_uz
Telefon: (+998) 90−024−17−10

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring