AQShda bortida 20 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi

AQShning Tennessi shtatida bortida 20 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi - barcha omon qoldi.
Tallaxoma shahri ma’lumotlariga ko‘ra, voqea mahalliy aerodromdan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan. Samolyotda bo‘lganlarning barchasi tirik qolgan, to‘rt nafar jabrlanuvchi vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan.
AQSh Federal Aviatsiya boshqarmasi (FAA) ma’lumotlariga ko‘ra, so‘z yuritilayotgan samolyot ikki motorli De Havilland Canada DHC-6 Twin Otter bo‘lgan. Mahalliy matbuotning yozishicha, samolyot parashyutdan sakrashni o‘rgatish uchun ishlatilgan.
Internetda chop etilgan fotosuratlarda samolyotning dumi shikastlangan va qanoti yirtilgan holda o‘tda yotganini ko‘rish mumkin. Shahar ma’muriyati matbuot kotibi Layl Rasselning ta’kidlashicha, halokat oqibatida aeroport binolari va boshqa inshootlar zarar ko‘rmagan.
Hodisa sabablari hozircha noma’lum, AQSh Federal aviatsiya ma’muriyati va Milliy transport xavfsizligi kengashi o‘z tekshiruvlarini boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter