Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afzal Ermatovning hibsga olinishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Afzal Ermatovning hibsga olinishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Afzal Ermatov hibsga olingani haqida xabar berilgandi.

Agentlik rahbariga nisbatan ayblov e’lon qilinib, yanvar oyidan buyon (salkam uch oy) ishga chiqmayotgan bo‘lsada, bu haqda biror bir rasmiy xabar berilmagan edi.

OAVda ma’lumotlar tarqalgach, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holatga munosabat bildirdi.

«Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, agentlik boshlig‘i A.Ermatovga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ayb e’lon qilinib, hibsga olingan.

Hozirda uning xatti-harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda», deyiladi rasmiy munosabatda.

E’tiborlisi, agentlik rasmiy veb-saytidagi rahbariyat ro‘yxatida u hamon boshliq sifatida turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring