Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6 yoshli qizning ziraklarini yechib olgan ayol qo‘lga olindi

6 yoshli qizning ziraklarini yechib olgan ayol qo‘lga olindi

Joriy yilning 12 iyun kuni noma’lum ayol ko‘chada o‘ynab yurgan qizchaning oldiga kelib, undan ziraklarini tomosha qilish uchun berib turishini so‘ragan. Biroq ayol ziraklarni qaytarib bermay, darhol g‘oyib bo‘lgan.

Shundan so‘ng qizchaning onasi 29 yoshli Gulzoda T. qiymati 100 AQSh dollari bo‘lgan ziraklar o‘g‘irlab ketilganligi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 35 yoshli Dilnoza B. aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring