Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

50 ta Mobiuz abonenti 10 000 000 so‘mdan yutib oldi

50 ta Mobiuz abonenti 10 000 000 so‘mdan yutib oldi

Mobiuz mobil operatori «50 nafar baxtiyor inson!» aksiyasi g‘oliblarini aniqladi. Sovrinlar Instagram va YouTube ijtimoiy tarmoqlarining jonli efirida o‘ynaldi.

Mobiuz insonlarni birlashtirishga va har bir kishiga raqamli dunyoda aloqada qolish, taraqqiy etishi va ilhomlanishi uchun imkoniyatini yaratishga intilib kelmoqda. «50 nafar baxtiyor inson!» aksiyasi va shunga o‘xshash kompaniya tashabbuslari ushbu ulkan maqsadning yorqin ifodasidir. Bu abonentlarni yangi raqamli makonga jalb etish, ularni rivojlanishga ilhomlantirish va o‘zlarini namoyon qilishlari uchun sifatli aloqaning keng imkoniyatlarini taqdim etishdir.

«50 nafar baxtiyor inson!» aksiyasi joriy yilning 10 fevralidan 10 apreliga qadar kompaniyaning yangi va amaldagi abonentlari o‘rtasida o‘tkazildi. Mobiuz’ga ulanishda abonentlarga avtomatik ravishda aksiyada ishtirok etish imkoniyati berildi. Shuningdek, Mobiuz mobil ilovasida istalgan hajmdagi oylik internet-to‘plamlarni faollashtirish orqali ham imkoniyatlarni to‘plash mumkin edi.

Aksiya davomida ishtirokchilar jami 478 mingdan ziyod imkoniyat to‘pladi. O‘yin bo‘lib o‘tishdan bir kun avval har bir imkoniyatga tasodifiy ID-kod belgilandi.

G‘oliblarni aniqlash xalqaro onlayn randomayzer yordamida jonli efirda amalga oshirildi. O‘yinning bunday ochiq va haqqoniy o‘tkazilishi Mobiuzning shaffoflik muhitini yaratishga va har bir ishtirokchiga muvaffaqiyatga erishish uchun teng imkoniyatlar berishga bo‘lgan intilishini ko‘rsatadi.

G‘oliblar besh bosqichda, har bir bosqichda 10 nafardan aniqlandi. Kompaniya vakillari onlayn efirda bir nechta g‘oliblar bilan bog‘lanib, pul mablag‘lari yutib olingani haqidagi quvonchli xabarni yetkazishdi.

G‘oliblarning yutuqli ID-kodlari va ismlari bilan kompaniya veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Hozirda Mobiuz vakillari bosqichma-bosqich g‘oliblar bilan bog‘lanmoqda. Zarur hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, Toshkent shahri va boshqa hududlarda yutuq sertifikatlarini rasmiy topshirish marosimlari o‘tkaziladi va yutuq summalari omadli ishtirokchilarning plastik kartalariga o‘tkaziladi.

Mobiuz barcha ishtirokchilarga faollik uchun minnatdorchilik bildiradi. Kompaniya barchani qiziqarli loyihalar va yoqimli bonuslar kutayotgan o‘z platformalarida kutib qolmoqda.

Mobiuz Instagramda

Mobiuz Youtubeda

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring