Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

25-sentyabr kuni yurtimizda koronavirus qurbonlari soni 450 taga yetdi

25-sentyabr kuni yurtimizda koronavirus qurbonlari soni 450 taga yetdi

Foto: «Tass.ru»

25-sentyabr kuni 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami 450 nafarga yetdi, deya xabar berdi SSV.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida 513 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 54 462 nafar bemordan 50 954 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 058 nafar bemordan 718 nafari og‘ir, 289 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring