2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi – sabab ma’lum
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori (JSST) Tedros Adxanom Gebreyesus iqlim o‘zgarishi oqibatlari xususida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2050-yilga borib aynan iqlim o‘zgarishi omillari sabab 1,2 milliardga qadar odam yashash joyini tark etishga majbur bo‘ladi.
JSST rahbari ta’kidlashicha, iqlim bo‘hroni bu – salomatlik inqirozidir. Bu muammo, xususan, migrantlar sog‘lig‘iga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
«Shu bois biz BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) va istiqboldagi anjumanlar deklaratsiyalariga migrantlar salomatligi masalasi kiritilishini talab qilamiz», – deb yozgan Tedros Adxanom Gebreyesus.
Olimlar iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari haqida bong urib kelmoqda.
Avvalroq «Tabiat va odamlar» jamg‘armasining iqlim bo‘yicha eksperti Aleksey Kokorin 2024 yil Yer uchun meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
Amerikalik olimlar esa bir necha yildan so‘ng G‘arbiy Afrika, Janubiy Osiyo va AQShning O‘rta G‘arb mintaqalari iqlim o‘zgarishlari oqibatida inson hayoti uchun xavfli bo‘lib qoladi deya xulosa e’lon qilgan.
JSST hisobotiga ko‘ra, 2030–2050-yillarda iqlim o‘zgarishi tufayli har yili 250 ming kishi bevaqt vafot etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter