Tarvuzni sovunlab yuvish kerakmi?
Biz ko‘pincha tarvuz-qovunni yaxshilab tozalashni e’tiborsiz qoldiramiz. Chunki hamma kirlari qobiqda qoladi, u qalin, mevasiga hech narsa tushmaydi, shuning uchun tarvuzni shunchaki chayish mumkin yoki umuman yuvmasa ham bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Lekin, haqiqatan ham, shundaymi?
Tarvuzni qanday yuvish kerak? Uni sovunlab yuvish kerakmi?
Rossiyalik mutaxassislarning fikricha, tarvuz va qovunni albatta yuvish kerak, shunchaki chayish yetarli emas. Nima bo‘lganda ham, tarvuz yerda yotadi, qobig‘iga bakteriya va parazitlar tushishi hech gap emas. Shuningdek, tarvuzni uzoq vaqt saqlash uchun unda qayta ishlov beriladigan qorishmalar saqlanib qolishi mumkin. Tarvuz kesilganda bakteriyalar ichiga tushishi mumkin.
Sovun yoki yuvish vositalari bilan ishlov berilgandan so‘ng rezavorlar oqar suvda yaxshilab yuvilishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter