Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saharlikda nima ko‘proq iste’mol qilish kerakligi aytildi

Saharlikda nima ko‘proq iste’mol qilish kerakligi aytildi

Inson salomatligi va qanday oziqlanishi zarurligi borasida tadqiqotlar olib borgan olimlar ro‘za va saharlik dasturxoni masalasida ham o‘z xulosalarini bayon qilganlar. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati kanalida ma’lum qilindi.

Ularning fikriga ko‘ra, saharlik dasturxoni oqsillarga boy bo‘lishi kerak. Xususan, go‘sht, yog‘lar va sabzavotlardan tayyorlangan taomlardan iborat bo‘lishi lozim.

Go‘sht inson organizmida 16 soat davomida parchalanadi. Dimlangan qo‘y go‘shti, qovurilgan jo‘ja, sabzavotli quymoqlar kishini to‘q tutadi.

Ammo ularni iloji boricha guruch va non mahsulotlaridan alohida iste’mol qilgan ma’qul. Guruch va non kabi kraxmal va uglevodlarga boy mahsulotlar oshqozonda ishqoriy muhit yaratilishini talab qiladi. Ammo oqsillarni parchalovchi pepsin fermenti ishqoriy muhitda kuchini yo‘qotadi.

Demak, ikki xil ozuqa guruhiga mansub mahsulotlarni parchalovchi fermentlar birga ishlay olmaydi, bu esa oshqozonga tushgan ovqatning bijg‘ishiga olib keladi. Natijada qorin dam bo‘lishi, jig‘ildon qaynashi kabi holatlar vujudga keladi.

Bundan tashqari, xarid qilayotgan mahsulotlarimiz, xususan go‘shtning halol-pokiza insonlar yetishtirgani, ro‘zadorning tanasiga sof quvvat berishiga alohida ahamiyat bermoq lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring