Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qon bosimi oshganda quyidagi mahsulotlarni cheklang

Qon bosimi oshganda quyidagi mahsulotlarni cheklang

Foto: «Nekouzcrb»

Gipertoniya zamonamizning eng keng tarqalgan kasalligi sanaladi. Unga yo‘liqqan kishi kuchli bosh og‘rig‘i va yurak bezovtaligidan qiynaladi. «RAMBLER»ning yozishicha, bunda qon bosimi ko‘tariladi, ko‘rish qobiliyati yomonlashadi, quloqda shovqin paydo bo‘ladi.

Mazkur xastalikni shifokor davolashi zarur. Shuningdek, taomnomadan ayrim mahsulotlarni cheklash orqali noxush alomatlarni bartaraf etish mumkin.

Tuz bilan qandni kamaytiring

Bu mahsulotlar yurak bosimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuzning asosiy tarkibiy qismi natriy hisoblanadi. U tanadan suyuqlik chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Shu tufayli qon miqdori oshib, tomirlarga yuklama ortadi. Buning oldini olish uchun tuz iste’molini kuniga 15 grammdan 4 grammgacha kamaytirish lozim. Taomga qo‘shimcha tuz sepmaslik kerak. Chunki u oddiy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida yetarlicha topiladi.

Qand tanada glyukoza darajasini oshiradi. Natijada birdan qon bosimi ko‘tariladi. Shuningdek, u qandli diabet kelib chiqish xavfini oshiradi, ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib keladi.

Alkogol bilan kofeinni cheklang

Spirtli ichimliklar hatto sog‘lom kishilarning qon bosimini ham ko‘taradi. Gipertoniklarga alkogol mutlaqo taqiqlanadi. Qahvani ham taomnomadan chiqarib tashlash yoki hech bo‘lmasa kamaytirish kerak. Uning o‘rniga sachratqili choy yoki yangi siqilgan sharbatlar ichish mumkin. Ular ham xuddi shunday tetiklashtirish xususiyatiga ega.

Yog‘li go‘sht va kolbasa kamroq yeng

Odatda gipertoniya tomirlarga xolesterin tiqilib qolishi fonida kelib chiqadi. U go‘sht va dudlangan kolbasalarda bisyor. Hayvon yog‘ini ishlatmasdan taom tayyorlashga harakat qiling. Taomga zaytun yoki kungaboqar yog‘ini qo‘shing. Go‘sht sotib olayotganda tovuq, kurka va buzoq go‘shtini tanlang. Kolbasa iste’molini cheklang.

Sariyog‘ iste’molida ham chegara zarur

Buterbrodga sariyog‘ juda kam surtishga harakat qiling. Yog‘li kremsiz tort tanlang. Ular ham «zararli yog‘lar»ga kiradi. Taomnomadan pishloqning ayrim turlarini ham chiqarib tashlang.

Shirinliklarga ruju qo‘ymang

Pirojniy, pechene va konfet o‘rniga meva-sabzavotlar yeng. Taomnomaga quruq mevalar va donli mahsulotlarni kiriting. Tana ularni uzoq vaqt hazm qiladi, siz esa tinimsiz shirinlik yeyish xohishidan xalos bo‘lasiz.

Ayrim mahsulotlarni cheklashdan tashqari gipertoniya bilan og‘riyotgan odamlar bo‘lib-bo‘lib ovqatlanishi lozim. Kuniga 4 mahal bir vaqtda ovqatlanish kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring