Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi mahsulotlar aqli zaiflikdan saqlashga yordam beradi?

Qaysi mahsulotlar aqli zaiflikdan saqlashga yordam beradi?

Foto: «Klub-drug.ru»

Dunyodagi ko‘pgina odamlar demensiyadan qiynalishadi. To‘g‘ri ovqatlanish keksaygan chog‘da kognitiv buzilishlarning oldini olishga yordam beradigan omillardan biridir. Hatto, pensiyaga chiqishga hali uzoq bo‘lsa ham, kelgusida aqliy salomatlikni saqlab qolish uchun quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilib turing.

Qora shokolad

Tarkibida kakao ko‘p bo‘lgan hamda shakarsiz 2-3 bo‘lak qora shokolad miyani yoshartirishga yordam beradi. Qora shokolad xotira va axborotni tahlil qilish uchun javob beradigan miya sohasi — gipokampusda qon aylanishini kuchaytiradi.

Qahva

Tadqiqotlarga ko‘ra, qahva donachalarida Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi kimyoviy moddalar mavjud. Biroq ichimlikka ruju qo‘ymaslik kerak — tongda bir finjon qahva kifoya.

Reza mevalar

Rezavorlar antioksidantlarga boy bo‘lib, miyani yoshartirishda qora shokoladdan qolishmaydi. Bu ham yangi uzilgan, ham muzlatilgan rezavorlarga xos.

Yong‘oqlar

Yong‘oq va urug‘lar tarkibida miya faoliyatiga o‘ta ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omega-3, selen va Ye vitamini mavjud.

Choy

Navidan qat’i nazar, choylarning bari katexinlarga boy bo‘lib, qon tomirlar shikastlanishi va erkin radikallar ta’siriga qarshi kurashadi.

Yashil sabzavotlar

Bargli ko‘katlar tarkibida shifobaxsh lyutein mavjud bo‘lib, u miyaning xotira va ma’lumotni qayta ishlashga mas’ul bo‘lgan qismida kulrang moddalar ko‘payishiga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring