Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oshqozon kasalliklar uyidir, parhez esa barcha davoning boshi

Oshqozon kasalliklar uyidir, parhez esa barcha davoning boshi

Foto: Islom.uz

Arab tabiblaridan biri Xoris ibn Kolda: «Oshqozon – kasalliklarning uyidir, parhez esa barcha davoning boshidir», degan.

Luqmoni Hakim esa «Ey farzand qorningni bosib-tiqib to‘ydirsang, fikr xazinalaring quriydi, tafakkur qilolmaydigan ahvolga tushasan, sendan hikmat degan ne’mat ketadi, a’zolaring ibodat qilishdan qoladi», — deya ta’kidlagan.

Bizning organizmimizga taom, suv bilan birga tashqaridan toksinlar va mikroblar ham tushadi. Yog‘, oqsil va uglevodlar bilan birgalikda singadi, yig‘ilib boradi. Aslida hamma narsaning me’yori bor, ammo ko‘pchilik bunga amal qilmaydi. Tibbiy tahlillarning ko‘rsatishicha, insonga bir kunda 250-500 gramm ovqat yetarlidir. Bundan ortig‘i badanda qoldiq paydo qiladi va kasalliklarni vujudga keltiradi. Bu holatda vujud xastalikka qarshilik ko‘rsata olmaydi. Chunki doimo hazm bilan kurashish, ortiqcha va toksin moddalarni chiqarish, chiqmaganlarini ajratib, saqlab qo‘yish juda og‘ir ishdir.

Bunday holatda ro‘za eng yaxshi yordamchidir. Inson ro‘za tutganda, ya’ni och qolganda, uning vujudi hazm qilish jarayonidan ozod bo‘ladi va o‘zini tozalashga kirishadi.

Bu og‘ir ishni amalga oshirishda ko‘p quvvat sarflanadi. Vujud bu quvvatni topa bilish uchun avval zahiradagi glikogen va yog‘larni ishlata boshlaydi. Natijada, ochlikning ilk 3-4 kunida inson har kuni 1-1,5 kg. vazn tashlaydi.

3-4 kundan keyin tozalangan qon tomirlarning devorlaridagi xolesterin, toksin va tuz qatlamini eritib, organizmdan chiqara boshlaydi.

Ochlikning 5-7-chi kuni ta’sir hujayralarga inadi, funksiyasi o‘zgargan hujayralarni tozalaydi. Tozalanishi mumkin bo‘lmagan hujayralarni parchalab, ularni o‘ziga ozuqa qiladi, ya’ni xastaliklarni tubdan yo‘q qila boshlaydi.

Tuzlarni va zahiradagi ortiqcha moddalarni eritib, ularni qisman qo‘llaydi, qisman tashqariga otadi.

Bu jarayonda vazn yo‘qotish kamayadi, kuniga 500-700 gramga tushadi.

Yettinchi kundan e’tiboran vazn yo‘qotish kuniga 300-360 grammga, 21 kundan so‘ng esa 120-150 grammga tushadi.

Ya’ni organizmda zararli bo‘lgan ortiqcha narsalardan o‘ziga xos tozalanish ro‘y beradi, inson ham ma’nan, ham ruhan yengillikni his etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring