Nega hozir hamma petrushka yeyishi kerak?
Pandemiya va shamollashlar mavsumi har birimizni o‘z sog‘ligimiz haqida jiddiy qayg‘urishga majbur qiladi. Mutaxassislar esa infeksiya yuqtirmasdan avval tanaga ko‘maklashish zarurligini tavsiya etadi. Ko‘pchilik immunitetini ko‘tarish uchun zanjabil iste’mol qiladi. Biroq shifokorlar bizga petrushka yeyishni maslahat bermoqda.
Ma’lumki, yangi ko‘kat tarkibida tana uchun juda muhim mikroelementlar bor.
Petrushkada 20 dan ortiq foydali moddalar bo‘lib, bular yog‘da eruvchi vitaminlar, folat kislota, V guruhidagi hamda S darmondorilaridir. Shuningdek, ushbu ko‘kat tarkibida minerallar, organik kislotalaru yog‘lar, makro va mikroelementlar bisyor. Petrushkaning poyasi bilan bargi filloxinon, askorbin kislota, retinol va beta-karotinga boy.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, petrushka immunitetga nihoyatda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va yallig‘lanishga qarshi kurashadi. Ko‘kat askorbin kislota, beta-karotin, V, K, Ye, RR vitaminlari, rux, magniy, temir, fosfor, kaliy va kalsiyning chinakam xazinasi hisoblanadi. Ushbu elementlarning hammasi, ayniqsa, hozir salomatligimiz uchun nihoyatda muhim.
Shu bilan birga, petrushka ildizi tarkibida ham kaliy, magniy, fosfor, kalsiy, magniy, natriy bor. Ushbu moddalar yurak mushagi faoliyatida hal qiluvchi rol o‘ynaydi hamda buyrak va qon tomirlar salomatligida betakror sanaladi.
Bundan tashqari, petrushka hazm qilishni yo‘lga soladi, qonda glyukoza darajasini me’yorlashtiradi, qon bosimini tushiradi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, ichaklardagi silliq mushaklar spazmini yo‘qotadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter