Kuzda kasal bo‘lmaslik uchun nima iste’mol qilish kerak?
Xitoylik shifokorlar kuzgi shamollashdan saqlanishiga yordam beradigan asal, baliq, choy va mevalarning foydali xususiyatlarini ma’lum qilishdi. Bu haqda Sina nashriga tayanib «Moskovskiy komsomolets» xabar bermoqda.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ertalab asal qo‘shilgan bir stakan suv tonusni saqlashga yordam beradi, o‘pkaga namiqtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, yo‘talni yengillashtiradi, terini oziqlantiradi va toksinlarni organizmdan chiqarib yuboradi.
Baliq xolesterin miqdorini kamaytirishga, organizmdagi suyuqlik yetishmasligini to‘ldirishga, taloq va oshqozon faoliyatini tartibga solishga choy yordam beradi.
Shuningdek, shifokorlarning fikriga ko‘ra, kuzda ko‘proq nok bilan olma yeyish kerak. Ular balg‘amdan xalos qiladi va organizmni vitaminlarga to‘yintiradi. Meva, ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklaridan qiynalayotgan bemorlar uchun ayni muddao.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter