Koronavirus kiyim bilan uyga kirib kelishi mumkinmi?
Koronavirus infeksiyasi oyoq kiyimning tagida uyga kirib kelishi mumkin, deydi ekspertlar «Channel 4» Britaniya telekanali «Coronavirus: How Clean Is Your House» dasturida.
Tez yordam shifokori Javid Abdelmoneym va virusolog Liza Kross pandemiya paytida ko‘chaga chiqish uchun faqat bir juft poyabzaldan foydalanishni maslahat berishdi.
«Uyga kelgan zahoti oyoq kiyimni yeching. Aksariyat poyabzallarning tagligi teshiksiz rezina bo‘ladi. U yerda virus besh kungacha yashashi mumkin», — deb ta’kidlaydi shifokor.
Shuningdek, ular ushbu poyabzalni uyga kiraverishda qoldirishni tavsiya etishdi.
Ekspertlar ko‘chaga kiygan kiyimni uyga kelgan zahoti yuvish kerakligini ta’kidlashdi. Chunki virus matolarda 24 soatgacha yashashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter