Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasallikdan keyin iste’mol qilib bo‘lmaydigan mahsulotlar

Kasallikdan keyin iste’mol qilib bo‘lmaydigan mahsulotlar

Foto: RIA Novosti

Kasallik va antibiotiklarni qabul qilgandan keyin greypfrut, alkogol, xamirturush va shakar iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, dedi diyetolog Anna Ivashkevich «Argumenti i fakti»ga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, ba’zi dorilar ichak mikroflorasini buzishi mumkin.

«Ushbu mahsulotlar, birinchi navbatda, antibiotiklarni to‘g‘ri singdirilishiga xalaqit beradi, shuningdek ko‘ngil aynish, qorin og‘rig‘i va hatto yurak ritmini buzishi mumkin», deb ogohlantirdi shifokor.

Mutaxassis, shuningdek, antibiotiklarning o‘zi kandidozni qo‘zg‘atishi mumkinligini va shirinliklar hamda xamirli mahsulotlardan foydalanish kasallikni yanada kuchaytirishi mumkinligini esladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, probiotiklarga boy ovqatlar ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytiradi. Mutaxassis tuzlangan karamni bunday mahsulotlar orasida chempion deb atadi. Bundan tashqari, ismaloq, donli yormalar, tabiiy yogurt, kefir, meva va sabzavotlar, bryussel karami, petrushka va chakanda mevalari foydali bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring