Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eskirgan telefon raqamlarini ijtimoiy tarmoqlar va ilovalarda ishlatmang!

Eskirgan telefon raqamlarini ijtimoiy tarmoqlar va ilovalarda ishlatmang!

Eskirgan (mobil aloqa) telefon raqamlarini ijtimoiy tarmoqlar va ilovalarda ishlatish xavfli. Negaligini Zecurion kompaniyasi bosh direktori Aleksey Rayevskiy tushuntirdi.

Ko‘pchiligimiz ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda ro‘yxatdan o‘tishda 10 yil (balki undan ham oldinroq) olgan telefon raqamlarimizni ishlatganmiz. Buning oqibati juda jiddiy bo‘lishi mumkin. Hoynahoy, payqadingiz — gap ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalardan asrash haqida ketyapti.

Rayevskiy to‘g‘ri ta’kidlaganidek, mobil aloqa operatorlarida abonentlar uchun beriladigan telefon raqamlarining ham chek-chegarasi bor. Bu shuni anglatadiki, mabodo siz raqamingizdan ayrilib qolsangiz (telefonni yo‘qotib, abonent to‘lovini to‘lamay qo‘yib, boshqa raqamdan foydalanishga o‘tsangiz va h.o.) o‘sha raqam ertami-kechmi yangi abonentga beriladi.

«Bo‘shagan raqamlar (nofaollik yoki shartnoma bekor bo‘lishi sababli) qanchadir muddat, odatda yarim yil atrofida, «karantin»da saqlanadi. Keyinchalik ular sotuvga chiqarilib, yangi abonetga beriladi», — dedi Rayevskiy.

Shuning uchun ham eskirgan (ishlatmaydigan) raqamlaringizni barcha akkauntlaringizdan o‘chirib tashlang. Umuman olganda, telefon raqamingizni har safar almashtirganingizda, akkauntingizdagi raqamni ham o‘zgartiring, deya tavsiya berdi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring