Eski kreditni yopish uchun hech qachon yangi kredit olmang!
Rossiyada bankdan qarz olgan har beshinchi odam kreditini to‘lashga pul topa olmayapti, bu haqda «Vlasova va sheriklar» advokatlar hay’ati raisi Olga Vlasova ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bunday muammoga duch kelganlar vaziyatni har tomonlama baholab, yechim qidirishlari, yangi daromad manbalarini qidirishlari lozim.
Masalan, ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki mulk (avtomobil yoki maishiy texnika)ni sotish mumkin. Albatta, bu osonmas.
Ammo eski kreditni yopish uchun hech qachon yangi kredit olmang! Vlasova bu g‘oya har qanaqasiga o‘zini oqlamasligini uqtirdi.
«Yangi kreditning foizlari eskisiga qo‘shilib, bosimni yanada oshiradi. Bitta qarzini eplay olmayotgan kredit oluvchi uchun ikkita qarzni yopish — o‘ta tavakkalchilik», — dedi yurist.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter