Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspert zinada yugurib mashq qilayotganlarni ogohlantirdi

Ekspert zinada yugurib mashq qilayotganlarni ogohlantirdi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Ko‘p qavatli uylarning zinasida yugurish yoki yurib mashq qilish COVID-19 ni yuqtirishga sabab bo‘lishi mumkin, dedi AQShning Jordj Meyson universiteti tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranova. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ertalablari pod’yezddagi zinada yugurib, mashq qilayotgan fuqarolarning video va fotosuratlari paydo bo‘ldi.

«Shaxsan men zinada yugurmagan bo‘lardim: har holda pod’yezdda juda ko‘p odam istiqomat qiladi. Bordi-yu, kimdir zinada aksirsa, siz esa u yerdan yugurib o‘tdingiz. Yoki siz alomatsiz tashuvchi o‘laroq zinada yugurdingiz, keyin esa u yerdan bir qariya non olgani tashqariga chiqdi. Ehtimol, respiratorda yugurish mumkindir, lekin bu sizga yoqmasligi aniq», — deydi Baranova.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring