Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyetologga tashrif buyurish uchun 4 sabab

Diyetologga tashrif buyurish uchun 4 sabab

Mutaxassisga borishni kechiktirish kerak bo‘lmagan holatlar

Statistikaga ko‘ra, zamonaviy megalopolislar aholisi salomatligiga daxldor buzilishlarning taxminan 40 foizi ovqatlanish bilan bog‘liq. Doimiy psixologik zo‘riqishlar (stress), hissiy charchoq va noqulay yashash sharoitlari – bularning barchasi biz tezda vazn oshirishimizga yoki uni tezda yo‘qotishimizga olib keladi. Biroq, stress ovqatlanish sohasidagi muammolarning yagona sababi emas. Shu bois, quyida qachon ixtisoslashgan mutaxassis – diyetologga tashrif buyurish va muammoni hal qilish kerakligi haqida so‘z yuritamiz.

Smenali ishda ishlaysizmi?

Agar odatdagi jadvalda har doim ovqatlanish uchun ma’lum vaqtni sozlashingiz mumkin bo‘lsa, smenada yoki o‘zgaruvchi jadvalda ishlash kamdan-kam hollarda sizga bunday imkoniyatni beradi. Agar siz tunda ishlasangiz, bu tana uchun eng yomoni. Miya asta-sekin uyquga tayyorlanmoqda, siz esa issiq o‘ringa yotish o‘rniga ishga otlanasiz va bu asabni zo‘riqtirishi tabiiy. Tanangiz uchun g‘ayrioddiy ritmga moslashish juda qiyinligidan tashqari, u hali ham oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashga energiya sarflashi kerak. Bunday vaziyatda siz ovqatlanishning istalgan turini osongina tanlashingiz mumkin, shuningdek, yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga duch kelish imkoniyati mavjud. O‘z vaqtida ovqatlanish bo‘yicha mutaxassisdan yordam so‘rashni kechiktirmang, u optimal ovqatlanish jadvalini tuzib beradi.

Ona bo‘lmoqchimisiz?

Ayollar organizm uchun homiladorlikning o‘zi katta stress bo‘lib, bu davrda u ikki baravar ko‘proq ozuqa moddalariga muhtoj. Ammo muammo shundaki, ko‘plab ayollar ushbu maslahatni tom ma’noda tushunishadi va homila uchun ozuqa moddalari yetkazib bermaydigan hamda faqat bo‘lg‘usi onaning vazniga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ikki baravar ko‘p ovqat yeyishni boshlaydilar. Ushbu nozik davrda muammolarga duch kelmaslik uchun siz dangasalik qilmasligingiz va ovqatlanish mutaxassisi bilan uchrashishingiz kerak.

Vaznning keskin o‘zgarishi bilan kurashyapsizmi?

Diyetolog bilan bog‘lanishning eng jiddiy sabablaridan biri bu vaznning keskin o‘zgarishidir. Va normadan og‘ish qaysi yo‘nalishda bo‘lishi muhim emas. Albatta, agar biz anoreksiya (vazn yo‘qotish yoki vazn ortishining oldini olish uchun bemorning o‘zi tomonidan qasddan kelib chiqqan yoki saqlanib turadigan tana vaznining sezilarli darajada pasayishi bilan tavsiflangan ovqatlanishning buzilishi. Ko‘pincha qizlarda uchraydi), bulimiya (ikkita asosiy belgi bilan tavsiflanadigan ovqatlanishning buzilishi: 1. ortiqcha ovqatlanish uchun toqat qilib bo‘lmaydigan istak. 2. tana vazni ko‘payishining oldini olish uchun qasddan och qolish) yoki oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish ustidan nazoratni yo‘qotish haqida gapiradigan bo‘lsak, birinchi mutaxassis psixotahlilchi bo‘lishi kerak, u ma’lum bir holat uchun yangi ovqatlanish sxemasini tuzadigan diyetolog bilan hamkorlikda ishlaydi. Vazningiz odatdagidan oshib ketganini va vaziyat yomonlashayotganini sezganingizda, bunga e’tibor berishni unutmang, chunki bu muammoni qanchalik tez hal qilsangiz, hayotning odatiy ritmiga qaytishingiz osonroq bo‘ladi.

Yoshingiz qirqdan oshdimi?

Hech kimga sir emaski, yoshga qarab metabolizm sekinlashadi, demak, siz diyetangizdagi o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishingiz kerak. Har bir odam o‘zining sevimli mahsulotlaridan, hatto foydali bo‘lmasa ham, osonlikcha voz kecha olmaydi. Tarki odat – amri mahol, deb bekorga aytilmagan. Vakolatli ovqatlanish mutaxassisi sizning diyetangizga tanangiz norozilik bildirmaydigan yangi ovqatlarni muloyimlik bilan kiritish orqali ushbu muammoni hal qilishga yordam beradi.

U.Yo‘ldoshev tayyorladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring