Diyetolog tez ozishga yordam beradigan beshta maslahat berdi
Hindistonlik diyetolog Ruchika Batra diyeta yordamida tezroq vazn tashlamoqchi bo‘lganlarga beshta maslahat berdi. India.com uning tavsiyalarini e’lon qildi.
Batra sog‘lom uyquni kelishgan qomat yo‘lida birinchi muhim omil hisoblaydi. Uning fikricha, uyqusizlik metabolizm sekinlashishiga va gormonal fon buzilishiga olib keladi. Bu esa vazn yo‘qotish jarayonini jiddiy ravishda sekinlashtirishi, diyeta va mashqlar samarasini chippakka chiqarishi mumkin.
Ikkinchidan, mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kuniga kamida uch-to‘rt litr suv ichish lozim. Bu to‘plangan toksinlarni tanadan tezroq chiqarib yuborishga yordam beradi.
E’tibor berish zarur bo‘lgan uchinchi omil — ovqatlanishlar orasidagi tanaffus. Batra diyeta paytida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan soxta ochlik hislarini nazorat qilishni hamda ovqatlanish rejasi va sog‘lig‘i holatidan kelib chiqib ovqatlanishni maslahat beradi.
Diyetolog to‘rtinchi o‘ringa qand va qovurilgan ovqatlar iste’molini nazorat qilishni qo‘ygan. Uning fikricha, yoqtirgan taomlardan butunlay voz kechmaslik kerak, lekin ozayotgan odam maqsadiga yetmaguncha shirinlik va qovurilgan taomlarni jiddiy cheklashiga to‘g‘ri keladi.
Batraning beshinchi maslahati — jismoniy faollikni kundalik ish tartibiga kiritish. Bu har qanday parhezning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ozayotgan odam sport bilan shug‘ullanmagan taqdirda ham, maqsadiga tezroq erishish uchun imkon qadar ko‘proq harakat qilishi zarur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter