Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyetolog kuniga qancha mandarin iste’mol qilish mumkinligini aytdi

Diyetolog kuniga qancha mandarin iste’mol qilish mumkinligini aytdi

Foto: Sergey Bulkin/NEWS.ru

Sog‘lom odam kuniga yarim kilogrammgacha mandarin iste’mol qilishi mumkin, bu sog‘liq uchun hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi, dedi rossiyalik diyetolog Margarita Korolyova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mandarin tarkibida PP va S vitamini, o‘simlik kletchatkasi va V guruhi vitaminlari mavjud. Shifokor ushbu mahsulotni kundalik taomnomaga kiritishni tavsiya qiladi.

«Kuniga ikki mahal 250 grammdan yeyishga ruxsat beriladi. Asosiy taomlar orasida ikki hovuch mandarin ayni muddao», – dedi diyetolog.

U mevaga allergik reaksiyasi bo‘lgan odamlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi: ko‘p yeb qo‘yish hatto anafilaktik shok bilan tahdid qilishi mumkin. Korolyova, shuningdek, diabetga chalingan yoki semirishga moyil bo‘lganlarga mandaringa ruju qo‘ymaslikni tavsiya qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring