Buzilgan klavishlarni aniqlash oson
Kompyuter (noutbuk) klaviaturasidagi nosoz tugmalarni topishning oson yo‘li bor, bu — «Key-Test» servisi. Bu sayt ishlamayotgan tugmalarni bir pasda aniqlay oladi.
Klavishlar bosilganida sayt interfeysida tegishli rangli signallar aks etadi. Klavishlar 3 holatda bo‘ladi:
1) Shaffof — klavish hali bosilmagan
2) Oq — klavish bosilgan
3) Moviy — klavish bosib turilibdi.
Klaviatura yuqorisida har bir bosilgan klavish ma’lumoti, pastda esa sichqoncha (yoki tachpad) tugmalari aks etib turadi.
Eslatma: tahlil yaxshi chiqishi uchun klaviatura tilini lotinchaga o‘tkazib oling!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter