Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil makon» doirasida ekilgan daraxtlarga zarar yetkazgan echkining egasi jarimaga tortildi

«Yashil makon» doirasida ekilgan daraxtlarga zarar yetkazgan echkining egasi jarimaga tortildi

Navoiy viloyatida «Yashil makon» loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarga zarar yetkazgan echkining egasi jarimaga tortildi. Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tomdi tumanida joylashgan «Sharq» OFYda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan tuman Ekologiya bo‘limiga murojaat qilinib, mahallada ekilgan daraxt ko‘chatlari chorva mollari tomonidan payhon etilayotganligi to‘g‘risida bir necha bor shikoyat qilingan.

Oqibatda joriy yilning 18 sentyabr kuni Tomdi tumani Ekologiya bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro S.T.ga tegishli bo‘lgan bir bosh echki tomonidan «Yashil makon» loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlariga o‘sishdan to‘xtamaydigan darajasigacha shikast yetkazilganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muri bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, fuqarolarning ko‘rsatmasiga asosan, fuqaro S.T.ga tegishli 25 bosh echkilar tomonidan doimiy ravishda ushbu ovuldagi daraxt ko‘chatlariga ziyon yetkazilib kelinganligi ma’lum bo‘lgan.

Oqibatda fuqaro S.T.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 650 ming so‘m jarima va 990 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring