Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida 3 mlrd iyenalik almashinuv notalari imzolandi

Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida 3 mlrd iyenalik almashinuv notalari imzolandi

Kecha, 2-iyul kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Xatori Takashi Yaponiya hukumatining beg‘araz yordami doirasida amalga oshirilayotgan 3 mlrd iyenalik (6,3 mln dollar) «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi» bo‘yicha almashinuv notalarini imzoladilar.

Hujjatlarga asosan O‘zbekistonga kompyuter tomografiyasi skanerlari va rentgen apparatlari bilan jihozlangan qo‘shimcha 4 ta tibbiy mobil konteyner yetkaziladi. Bu bilan respublika bo‘ylab samarali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yanada yaxshilanadi.

Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, O‘zbekistonda yuqori sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga sodiqliklarini bildirdilar.

Kompyuter tomografiyasi skanerlari qator kasalliklarni aniqlashda juda muhim hisoblanadi. Mobil tibbiy konteyner har qanday joyda, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda ham xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring