Yana bir toifa davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish rejalashtirilmoqda
«Barkamol avlod» bolalar maktablari xodimlari va to‘garak rahbarlarining ish haqlari bosqichma-bosqich oshiriladi. Bu borada Prezidentning «Maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.
Qaror loyihasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligiga 2023-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan xalqaro tadbirlarda g‘olib bo‘lgan «Barkamol avlod» bolalar maktablariga to‘garak a’zolarini rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirildi.
Bunda, xalqaro tadbirlar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin (oltin medal) uchun – 15, o‘qituvchisiga – 12 baravari;
2-o‘rin (kumush medal) uchun – 10, o‘qituvchisiga – 8 baravari;
3-o‘rin (bronza medal) uchun – 8, o‘qituvchisiga – 6 baravari;
laureat uchun – 6, o‘qituvchisiga – 4 baravari.
Belgilab qo‘yilishicha, «Barkamol avlod» bolalar maktablari o‘quvchilarining xalqaro miqyosdagi tadbirlarda ishtirok etishi o‘qiganligi uchun ota-onalardan to‘lovidan tushgan, budjetdan tashqari topilgan mablag‘lar va homiylar hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2027-yildan boshlab o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larda talabdan kelib chiqqan holda qo‘shimcha «Barkamol avlod» bolalar maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter