Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda ota voyaga yetmagan bolasini ayovsiz kaltaklagan. Holat IIB nazoratida

Xorazmda ota voyaga yetmagan bolasini ayovsiz kaltaklagan. Holat IIB nazoratida

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yashovchi 2009-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan fuqaroning tan jarohatlari bilan tasvirga olingan videolavha tarqaldi.

IIV Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu bolaga tan jarohatlar joriy yilning 7-yanvar kuni o‘zining otasi 1972-yilda tug‘ilgan A.X. tomonidan o‘g‘li axloqsizlikka yo‘l qo‘ygani vaji bilan yetkazilgan.

Hozirda voyaga yetmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan hamda tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar organlari tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring